ARCGISDA KARTOGRAFIK MA’LUMOTLARNING GIDROGEOLOGIK SHARTLI BELGILARINI TIZIMLASHTIRISH

geografik axborot tizimlari, ArcGIS, gidrogeologiya, raqamlashtirish, xaritalar, geoma’lumotlar bazasi.

Mualliflar

  • Иброҳим ҲАБИБУЛЛАЕВ Ташкентский финансовый институт д.т.н., профессор кафедры «Статистика и эконометрика» , Uzbekistan
  • Фаррух МАЪМИРОВ Государственное учреждение «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» Базовый докторант, Uzbekistan
  • Эркин АНОРБОЕВ Государственное учреждение «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» Заведующий лабораторией “Геоинформационных технологий и инновационных разработок (PhD), Uzbekistan

##submission.downloads##

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda fazoviy maʼlumotlarni raqamlashtirish, birxillashtirish, rivojlantirish va yaxlitligini taʼminlash uchun davlat geodeziya taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish hamda yagona koordinatalar tizimida va yagona maʼlumotlar tuzilmalaridan foydalangan holda xaritalar yaratish zarur. O‘zbekiston Respublikasida raqamli gidrogeologik xaritalarni tuzishning yagona metodologiyasi mavjud emasligi sababli gidrogeologik ob’ektlarni birlashtirish muammosini hal qilishning uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada ArcGIS dasturida  “Gidrogeologiya” stil faylida kartografik ma’lumotlarning shartli belgilarini tizimlashtirish bosqichi ko‘rib chiqiladi.