BORIS PASTERNAK VA ABDULLA ORIPOV SHE’RIAYTIDA BAHOR MAVZUSI

: Komparativistika, she’r, obraz, bahor, mavzu, badiiy detal, lirik kechinma, lirik subyekt, qiyosiy metod.

Mualliflar

##submission.downloads##

Maqolada rus shoiri Boris Leonidovich Pasternakning “Bahor” («Весна») nomli she’ri iste’dodli o‘zbek shoiri Abdulla Oripovning shu nomdagi she’ri bilan solishtirilgan. Aytish kerakki, qiyosiy adabiyotshunoslikning zamonaviy shoirlar asarlariga murojaati nisbatan kamligi, maqoladagi muammoning dolzarbligini izohlaydi. Shuning o‘zi maqolada qiyosiy-madaniy metoddan foydalanishga asos bo‘ladi. Har ikki shoirning voqelikni badiiy idrok etishda nimalarga diqqat qilgani, bunda ular yashagan muhitning o‘rniga, lirik kechinma tabiatining dinamikasiga urg‘u berildi. Ko‘klam tasvirida har ikki shoir qo‘llagan detal, badiiy tasvirning matndagi funksiyalari ochiqlanishiga harakat qilindi. Oxirda tadqiqot davomida kelingan xulosalar sanab ko‘rsatildi.