Oriental Universiteti v.b. dotsenti

so‘z birikmalari, derivatsiya, derivatologiya, derivatsion operator, derivatsiya modellari, transpozitsiya.

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu maqolada derivatsion jarayon haqida va uning so‘z birikmalariga ta’siri haqida yoritilgan bo‘lib, derivatologiya so‘zining etimologik kelib chiqishi lotin tilidagi derivo so‘ziga borib taqaladi, “rad etaman” maʼnosini anglatadi. Demak, derivatologiya – derivatsiyani o‘rganuvchi fandir. Tilshunoslikda derivatsiya atamasi yaqin vaqtgacha faqat so‘zlarning shakllanishi (derivatsiya – so‘z shakllanishi) sifatida tushunilgan. Biroq, derivatologiya faqatgina so‘z yasalishi haqidagi fan emas, u kengroq maʼnoda qo‘llaniladi. Derivatsiya – so‘z, gap, so‘zning grammatik shakllari, SBlari, frazeologik birliklar, bo‘g‘inlar, qo‘shimchalarni; matnlarni, yaʼni, fonemadan matngacha bo‘lgan barcha til birliklarining shakllanish jarayonini qamrab oladi. Binobarin, derivatologiya til birliklarining shakllanish jarayonlari haqidagi fandir. So‘z yasalishi esa derivatologiyaning alohida bo‘limlaridan biridir.