LISONIY SHAXS TUSHUNCHASINING LINGVOMADANIY ASPEKTDA O‘RGANILISHI

Lisoniy shaxs, lingvokulturologiya, submadaniyat, lingvomadaniy tip, lingvomadaniy birliklar, diskurs

Mualliflar

  • Marhabo UMURZOQOVA Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Uzbekistan

##submission.downloads##

Maqolada lisoniy shaxs tushunchasining lingvokulturologiyada o‘rganilishi masalasiga e’tibor qaratilgan. Lisoniy shaxs muammosi lingvokulturologiyaning asosiy masalalaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos jihatlari, belgilariga ega. Lisoniy shaxs o‘zi mansub bo‘lgan madaniyat haqida axborot tashuvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi Kommunikativ jarayonda uning ishtirokchilari ma’lum bir til qoliplari, me’yorlariga amal qiladilar. Qoliplar va me’yorlar hamma uchun umumiy bo‘lsa ham uning nutqiy hosilalari o‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Shu takrorlanmaslik tilda lisoniy shaxsning turli-tuman tiplarini ajratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada lisoniy shaxs muammosining o‘rganilishi, yondashuvlar, lingvomadaniy tip turlari haqidagi qarashlar tahlil qilingan.