AHOLINING FAROVON HAYOTINI TA’MINLASHDA IJTIMOIY TA’MINOTNING O‘RNI

ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy siyosati, pensiya, nafaqa, farovon hayot

Mualliflar

  • Gulsum TAGIEVA
    gt120886@gmail.com
    SamDU Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti, Uzbekistan

Mazkur maqolada O'zbekistonda ijtimoiy ta'minot tizimining o'ziga xos xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari ochib berilgan, shuningdek, ijtimoiy ta'minot tizimini jahon tajribalari asosida o'rganilgan. Ijtimoiy ta'minot – O'zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Bu bevosita iqtisodiyotni rivojlanishiga bog'liq bo'lib, xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish o'rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag'allikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish bilan chambarchas bog'liq ekanligi sotsiologik ilmiy yondashuvlar asosida asoslantirilgan. Hozirgi vaqtda ijtimoiy ta'minot byudjet mablag'lari, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg'arma mablag'lari, ya'ni sug'urta badallari hamda homiylik mablag'lari hisobidan moliyalashtirilib borilayotganligi ochib berilgan.