NOTO‘LIQ OILADA TARBIYALANAYOTGAN BOLALARNING OILA VA OILAVIY MUNOSABATLAR TO‘G‘RISIDAGI TASAVVURLARI

Oilaviy munosabatlar, ajrashish, agressiv, xulq-atvor, tarbiya, noto‘liq oila, o‘spirin

Mualliflar

Jamiyatda oila va oilaviy munosabatlarda qizlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, hamda oiladagi ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhit, oilaviy nizolarning kelib chiqishi dolzarb muammo hisoblanadi. Mazkur maqolada oilaviy munosabatlarda ajrim, ajrashganlarning farzandlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi, ota-onasi ajrashgan bolalarda psixologik о‘zgarishlar, о‘zini agressiv tutish, tarbiya buzilishi, deviant xulq-atvorga moyillik, xavotir, о‘ziga va odamlarga ishonmaslik, kelajakka nisbatan ishonchning yо‘qligi, ayniqsa, balog‘atga yetgan qizlarning turmushga chiqishga qо‘rqishi, g‘iybat, gap-sо‘zlarga nishon bо‘lish, aybsiz aybdordek о‘zini his qilish, bola bobo-buvisining uyida ham о‘zini erkin his qila olmasligi, bolalikning erta tugashi kabilar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.