ZAMONAVIY JAMIYATDA SEKTORLAR ARO IJTIMOIY HAMKORLIK GENDER MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

Ijtimoiy hamkorlik, gender tenglik, gender madaniyati, qadriyat, jamiyat, siyosiy faollik, ijtimoiy tenglik, inklyuziv jamiyat, siyosiy savodxonlik, siyosiy ishtirok, sektor

Mualliflar

  • Feruza DAVRONOVA Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti katta oʻqituvchisi, PhD, Uzbekistan

Mazkur maqolada Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jumladan, jamiyatda gender tengligini shakllantirish barobarida gender madaniyatini qadriyat oʻlaroq integratsiyalash masalasi tahlilga tortiladi. Binobarin, xalqimizning yarmini tashkil etadigan xotin-qizlar qatlamining oʻz haq-huquqlari, imtiyozlari va kafolatlarini anglashi, himoyalanishi va oʻz imkoniyatlaridan foydalanishini taʼminlash bu boradagi amalga oshirilayotgan strategik maqsadning muhim omillari ekanligi borasida atroflicha fikr yuritiladi. Inklyuziv jamiyatni shakllantirishda xotin-qizlarning siyosiy savodxonligi va ishtirokini oshirish masalasi boʻyicha qator taklif va xulosalar beriladi.