NOTО‘LIQ OILADA TARBIYALANAYOTGAN BOLALARNING OILADAGI ROLLAR VA OTALIK MAQOMI TО‘G‘RISIDAGI TASAVVURLARI

Oila, farzand, oilaviy tasavvurlar, notо‘liq oila, oiladagi roller, о‘spirin, ijtimoiy va jinsiy rollar

Mualliflar

Inson hayotida muhim о‘rin tutuvchi oila, nikoh qurish masalasi, oilaviy munosabatlarda qizlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb muammo hisoblanadi. Mazkur maqolada farzand tarbiyasidagi salbiy yoki ijobiy о‘zgarishlar bola tо‘liq yoki notо‘liq oilada voyaga yetayotganigagina emas, balki bolani bevosita о‘rab turgan, har kuni о‘zaro shaxslararo munosabatlarga kirishadigan atrofidagi odamlarning u va yaqinlari haqidagi fikrlari, tasavvurlari, ijtimoiy kutishlarining mazmuniga, muhimi – voyaga yetayotgan о‘spirin qiz oilasida hukm surayotgan ma’naviy hamda axloqiy muhitga bog‘liq ekanligi batafsil yoritilgan. Tо‘liq va notо‘liq oila vakillari farzandlarida oila haqidagi tushunchalari, oiladagi rollar va tasavvurlar orqali kengayishi tо‘g‘risida sо‘z yuritilgan.