JANUBIY OSIYO MINTAQAVIY XAVFSIZLIGIGA TASHQI OMILLAR TA’SIRI

Xitoy, AQSH, Hindiston, Yaponiya, ASEAN, Janubiy Osiyo, katta kurash davlatlar, kuchlar muvozanati, mintaqaviy xavfsizlik

Mualliflar

  • Rustam GALIMOV Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Murakkablashib borayaotgan xalqaro munosabatlarning zamonaviy sharoitida global siyosiy tizimning sharqqa burilish tendensiyasi shakllanmoqda. Bugungi kunda Osiyo va xususan, uning janubiy mintaqasi jahon siyosati va iqtisodiyotida tobora muhim rol o‘ynamoqda. Janubiy Osiyo davlatlari tez sur’atlarda rivojlanmoqda bu ayniqsa iqtisodiy sohada ko‘zga tashlanib, butun Osiyo va butun dunyo iqtisodiyotida ancha yaxshi mavqega ega bo‘lib bormoqda. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, siyosat sohasida va xalqaro munosabatlar tizimida ham ularning salmog‘i ortib bormoqda. Ta’kidlash joizki, ushbu mintaqa iqtisodiy va diplomatik omillar sabab hamda xavfsizlikning dinamik o‘zaro ta’siri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, hududiy da’volar va diniy ekstremistik faoliyatning murakkab tabiati tufayli bir-birini to‘ldiradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, ushbu maqolada Janubiy Osiyo mintaqa xavfsizligiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar batafsil tahlil qilinadi.