OILAVIY HAYOTGA TAYYORLIKNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLILI

Tahlil, oilaviy hayot, nikoh, huquq, oila, psixologiya, oilaviy munosabat, turmush, psixodiagnostik kompleks, talaba

Mualliflar

Maqolada oliy ta‘lim muassasalarida talabalarning oilaviy hayotga tayyorlikning ijtimoiy-psixologik tahlili keltirilgan. Talabalar oilaviy totuvligini saqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan me‘yoriy huquqiy hujjatlar, nikohlar va ajrimlar hamda ularning sabablari o‘rganildi. Oilaviy hayotga tayyorlikning yakuniy, kognitiv xulq-atvor mazmuniy komponenti, irodaviy o‘z-o‘zini boshqarishni tadqiq etish so‘rovnomasi, shaxs yetukligi test-so‘rovnomalari va Spirmenning noparametrik mezoni bo‘yicha kompleks psixodiagnostik kuzatuv natijalarining korrelyatsion tahlili o‘tkazilgan. Oilaviy hayotga tayyorlikning ijtimoiy-psixologik tahlili bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.