O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA GAZETA-PUBLITSISTIK USLUBINING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI

Gazeta tili, gazeta matni, gazeta-publitsistik uslubi, davlat tili, diskursiv tahlil, ekspressiv vositalar, imlo qoidalari, lotin alifbosi, sotsiolingvistik tahlil, o’zbek tili standartlari

Mualliflar

  • Mukaddas ISRAIL O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti professori, f.f.n , Uzbekistan

Ma’lumki, gazeta tilida standart vositalar о‘zining murakkab va dinamik tabiatiga ega. Shunga qaramay ular aniq standartlarga asoslangan. Bu standartlar, ayniqsa, qolip jumlalar orqali namoyon bо‘ladi. Standart jumlalar – bu muayyan vaziyatlarda kо‘p qо‘llaniladigan, standartlashgan iboralardir. Gazeta–publitsistik uslubi doirasida ularning qо‘llanilishi materialning mazmunini tez va aniq yetkazishga yordam beradi. Mazkur maqolada sotsiolingvistik yondashuv asosida mustaqillik yillarida zamonaviy gazetapublitsistik uslubga ta’sir etgan asosiy omillarni diskursiv tahlilga tortilgan bo’lib, gazeta-publitsistik uslubiga oid matnlardan yig‘ilgan faktik materiallarga asoslangan holda mustaqillikdan keyin tilimizda rо‘y bergan о‘zgarsharni kо‘rsatishga harakat qilingan.