RANGLAR SEMANTIKASI, ULARNING TADRIJIY TARAQQIYOTI

Bosqichma-bosqich rivojlanish, fanlararo yondashuv, rang semantikasi, madaniyat, bilish, dunyoni idrok etish, murakkab mexanizm, konseptual anglash tamoyillari, tadrijiy rivojlanish bosqichlari

Mualliflar

Ushbu maqola til, madaniyat va idrok bilan bog'liq holda rang semantikasining dinamik tabiatini tushunishning ahamiyatini belgilaydi. Tilshunoslik, psixologiya, antropologiya va san’at tarixi kabi sohalarni o’z ichiga olgan fanlararo yondashuv mavzuni turli kontekstlarda har tomonlama o’rganishni ta’kidlaydi. Bundan tashqari, rang semantikasi evolyutsiyasida til va idrok o’rtasidagi murakkab o’zaro ta’sirga oydinlik kiritish bilan birga turli xil til va madaniy nuqtai nazarlarni tan olish muhimligini qayd etadi. Maqolada madaniyatlararo muloqotning murakkabliklari va tilning ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishdagi ranglar semantikasining roli haqida chuqur tushuncha berilgan. Ushbu maqolada ranglar ma’noviy xusiyatlarining tadrijiy rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy xulosalar berilgan bo’lib, ranglar tushunchasining pragmatik qonuniyatlari bilan bog‘liq semantik qadriyatlarining ahamiyati har tomonlama, shu jumladan, barcha ijtimoiy va madaniy pragmatik tafovutlar bilan bog‘liqligini chuqur tushuntirishga qaratilgan