BRAYL YOZUVIDAGI MATNLARNI ANIQLASHNING ADAPTIV CHEGARALASH VA EGILISH BURCHAGINI TOPISH USULI

Adaptiv, egilish burchagi, ocr, panjara

Mualliflar

Bu maqola O‘zbek tilidagi lotincha Brayl alifbosi (ko‘zi ojiz odamlar foydalanadigan yozuv turi) uchun optik belgilarni aniqlash OCR (Optical character recognition) tamoyillari bilan bog‘liq. OCR jarayonini amalga oshirish uchun biz tasvirni qayta ishlash va tahlil qilishning bir nechta mavzularidan foydalandik. Bunda adaptiv chegaralash va egilish burchakni aniqlash usullari batafsil ko‘rib o‘tildi.