ANTROPOSENTRIK TILSHUNOSLIKDA DISKURS TADQIQI

diskurs, antroposentrik tilshunoslik, pragmatika, nutq tahlili, ekstralingvistik omil

Mualliflar

Jahon tilshunosligining lingvopragmatika, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, neyrolingvistika, paralingvistika, gender lingvistikasi kabi yo‘nalishlarida olib borilayatgan izlanishlarda shaxs omili tadqiqot obyektining markazini tashkil etadi. Mazkur sohalarning yuzaga kelishi lisoniy faoliyatni uning sohibi bo‘lgan inson bilan uzviylikda tadqiq etish harakatlari bilan bog‘liqdir. Antroposentrik paradigmada inson asosiy o‘ringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi. Mazkur maqolada tilkshunoslikdagi diskurs tushunchasinign antroposentrik tilshunoslikda o‘ragnilishi yorotilgan.