INGLIZ TILI BILISH DARAJASI TURLICHA BO‘LGAN GURUHLARNI O‘QITISHDA MOTIVATSIYANING O‘RNI

Motivatsiya, maqsad, til o'rganish, aralash daraja, muvaffaqiyat, fikr-mulohaza, yuksalish.

Mualliflar

  • Xurshid YULDASHEV English teacher at department of language teaching Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan , Uzbekistan

Ushbu maqolaning maqsadi – ingliz tilini har xil darajada biladigan sinflarda motivatsiyanining ahamiyati, motivatsiya uyg‘otish va uni kuchaytirish uchun samarali strategiyalarni tahlil qilishga qaratilgan. Tilni o‘zlashtirishda motivatsiya muhim ro‘l o‘ynaydi. Shuning uchun ingliz tilini o‘rganishga xohish-istagi kuchli bo‘lgan talabalar ko‘proq muvaffaqiyatga erishadilar. Motivatsiya, ayniqsa, bilim darajasi turlicha bo‘lgan talabalarga, muhim omil sifatida xizmat qilib, u til o‘rganishda orqada qolayotgan talabalarga boshqalarga yetib olishga yordam beradi. Ushbu tadqiqotni o‘tkazishda ingliz tilining hayotimizdagi ahamiyati haqidagi taqdimotlar, muvaffaqiyatli kelajak haqida loyiha, kursdoshlar va o‘qituvchilarning motivatsion va ijobiy fikrlari kabi to‘rtta strategiyadan foydalanildi