ONA TILINING IKKINCHI TIL O‘ZLASHTIRISHGA TA’SIRI TAHLILI

ona tili xorijiy tilni o`rganish родной язык, изучение иностранного языка, освоение языка, беглость, точность

Mualliflar

  • Shahzoda GULYAMOVA PhD, senior teacher of Tashkent management and economics institute, Uzbekistan

Xorijiy tilni o‘zlashtirishda ona tilining o‘rni katta ahamiyatga egadir va ushbu mavzu dunyo tilshunoslik tadqiqotlarlarning dolzarb mavzularidan biriga aylangan. Ushbu maqolada insonning birinchi tili ya`ni ona tili va uning ikkinchi tilni o‘rganish jarayoniga ta`sir etuvchi omillari haqida ma`lumot beradi. Ta`kidlash joizki, talaba ikkinchi til sifatida biron bir xorijiy tilni o‘rganar ekan bu jarayonda o‘zining ona tili asosiy manbaa bo‘lib hizmat qiladi. Shu jumladan, yangi so‘zlarning tarjimasi, matnlarning ketma-ketligi, gap strukturasi va grammatik qoidalar ona tiliga qiyosiy darajada tushuntiriladi va o‘zlashtiriladi. Shu boisdan, talabaning ona tili turli jihatlar yuzasidan xorijiy tilni o‘rganish jarayoniga o‘z ta`sirini o‘tkazadi. Mazkur ilmiy maqolada ushbu masala batafsil yoritiladi va ilmiy asoslari taqdim etiladi.