RASMIY VA NORASMIY MATN VA NUTQ TUSHUNCHALARI, GENEZISI, FARQI VA TAMOYILLARI

Matn, nutq, rasmiy uslub, norasmiy uslub, kommunikatsiya jarayoni, nutqiy vaziyat, pragmatik munosabat, immanent yondashuv, reprezentativ yondashuv.

Mualliflar

Ushbu maqolada matn va nutq tushunchalari, ularning kelib chiqishi, rasmiy va norasmiy matn hamda nutqning asosiy xususiyatlari oʻrganiladi. Shuningdek, rasmiy va norasmiy matn va nutq oʻrtasidagi farqlar va ularning qoʻllanilish tamoyillari tahlil qilinadi. Turli ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalariga asoslanib, ingliz va o’zbek tillarida rasmiy va norasmiy matn va nutq tushunchalarining misollar yordamida bir-biridan farqli jihatlari va tamoyillari qiyosiy-chog’ishtirma tahlil etilib yakuniy xulosalar beriladi.