MIYON BUZRUK SOLIHOVNING MANBASHUNOSLIK FAOLIYATIGA DOIR

O‘zbek jadid ziyolisi, Turkiya, Istanbul dorulfununi, “Mehmonnomai Buxoro”, “Zafarnoma”, “Firdavs ul-iqbol”, “Osiyo tarixi”, “Nur Usmoniya”, “Xolis Afandi

Mualliflar

  • Burxon ABDULXAYROV, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti katta oʻqituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, Uzbekistan

O‘zbek jadid ziyolisi Miyon Buzruk Solihov 1920–1927-yillarda Turkiyada bo‘lib, Istanbul Dorulfununida tahsil oladi. U mana shu vaqt mobaynida Istanbulning “Dorulfunun kutubxonasi”, “Nur Usmoniya”, hamda “Xolis Afandi” kutubxonalarida saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid noyob qo‘lyozmalar bilan tanishib, hali fanga ma’lum bo‘lmagan bir nechta qo‘lyozmani aniqlashga muvaffaq bo‘ladi va keyinchalik O‘zbekistonda ular haqidagi ilmiy qarashlarini ifodalab “O‘zbek tarixiga oid to‘rt muhim kitob” nomli maqola yozadi. Bu maqola “Maorif va o‘qitg‘uchi” jurnalining 1927-yil sentabr-oktabr sonlarida e’lon qilinadi.
Quyida Miyon Buzrukning mazkur “O‘zbek tarixiga oid to‘rt muhim kitob” maqolasi tadqiq etilgan.