ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA GAPNI GRAMMATIK JIHATDAN TAHLIL QILISHGA O‘RGATISH

ona tili ta’limi, grammatika, tayanch vositalar, og‘zaki nutq, ko‘nikma va malaka.

Mualliflar

Maqolada ona tili ta’limining asosiy maqsadi nimadan iborat ekanligi bayon qilingan. O‘quvchilarga grammatik tushunchalarni topshiriqlar asosida oddiy va samarali usullarda tushuntirish yo‘llari keltirilgan. Nutq bolalarda tug‘ilganidan toki maktabga chiqqunicha ota - onasi, yaqinlari va atrof -muhit ta’sirida shakllanadi. Ona tilidagi grammatik qurilishning nazariy jihatlaridan tamomila bexabar kishi ham gapni grammatik jihatdan mutlaqo to‘g‘ri shakllantira oladi. Hatto hali yozish va o‘qishni maxsus o‘rganmagan bola ham. Maktabning, ta’lim-tarbiya jarayonlarining asosiy vazifasi bolalardagi mazkur ko‘nikma va malakalarni yanada kengaytirish, takomillashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. Maktabda ona tili o‘qitish o‘qituvchidan boshqa fanlarga qaraganda ko‘p mehnat talab etadi