TEMURIYLAR SALTANATI MIRZO ULUG‘BEK BOSHQARUVI DAVRIDA

Temuriylar, Movarounnahr, Turkiston, Dashti Qipchoq, o‘zbek davlatchiligi, markazlashgan davlat, boshqaruv, ijtimoiy-siyosiy hayot, iqtisodiyot, renessans, madrasa, Zij, rasadxona, din peshvolari, amaldorlar, ziyolilar, savdogarlar, hunarmandlar, pul islohati

Mualliflar

  • Islom HAMDAMOV Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, (PhD), Uzbekistan

Mirzo Ulug‘bekning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, ilmiy-falsafiy, ma’naviy va moddiy merosini o‘rganish, uning naqadar ko‘p qirrali hukmdor va olim ekanligidan dalolat beradi.Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyati, o‘rta asr jamiyatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasini o‘zida nomoyon etadi. Mirzo Ulug‘bek Turkiston astronomiya maktabining asoschisi, qomusiy olim, Movarounnahr shaharlarini Islom me’morchilik madaniyati markaziga aylantirib, ilm-fan homiysi va davlat arbobi sifatida dunyoga tanildi. Mutafakkirning jahon astronomiya faniga qo‘shgan hissasi va u erishgan yutuqlar hanuzgacha bashariyatni lol qoldirmoqda. Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida o‘zbek davlatchiligi, boshqaruv tizimining yanada takomillashuvi, ichki va tashqi siyosatdagi barqarorlik, pul va soliq islohotlari o‘tkazilishi, eng muhimi, ilmfan va moddiy madaniyat ravnaqi bilan izohlanadi