TEXNOLOGIYАNING HUQUQIY TA’LIM VA AMALIYOTGA TA’SIRI

Yuridik amaliyot, yuridik ta’lim, texnologiya, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

Mualliflar

Texnologiya kundalik ishlarimiz samaradorligini, tezligini va qulayligini sezilarli darajada oshirdi. Tezroq amalga oshiriladigan biznes tranzaktsiyalari, chuqurroq o‘rganish va o‘qitishni tashkim qilish va umuman advokatlik kasbining yaxshilanganligi ko‘p uchraydigan holatlardan hisoblanadi. Yuridik soha o‘zining an’anaviy qadriyatlari va konservativ qarashlari bilan mashhur bo‘lib, ko‘pchilik bu kasb obro‘sini saqlab qolish uchun zarur deb hisoblaydi. Shunga qaramay, bu fikrlash texnologiya taraqqiyoti bosimi ostida qolishi mumkin. Bu kasb ham jamiyatning ko‘p jabhalarini qamrab olgan xalqaro miqyosdagi to‘lqinlar va texnologiya yutuqlaridan chetda qolmadi. Hozirgi kunda texnologiya, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ham yuridik ta’lim, ham amaliyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Muvaffaqiyatli va samarali yuridik amaliyot va o‘qitish uchun texnologiya zarurati tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqola texnologiyaning bugungi kundagi yuridik amaliyot va ta’lim uchun qanchalik muhimligini ko‘rib chiqadi. Texnologiyaning yuridik amaliyot va ta’limga qanchalik ta’sir qilgani asosiy muhokama mavzusi hisoblanadi.