O‘ZBEKISTONDA NODAVLAT OLIY TAʼLIM TARAQQIYOTI TENDENSIYALARI

oliy taʼlim, taraqqiyot strategiyasi, xususiy sektor, innovatsiya, kreativ, masofaviy taʼlim, mehnat bozori

Mualliflar

Ushbu maqolada yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida oliy taʼlimni isloh qilishga doir muhim ustuvor vazifalar ilmiy-falsafiy tahlil qilindi, jamiyatda nodavlat oliy taʼlim rivojlanish konsepsiyasining amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalar qiyosiy tahlil, kuzatish va tizimli yondashuv kabi ilmiy metodlar asosida tadqiq qilindi. O‘rganishlar asosida nodavlat oliy taʼlimning ijtimoiy funksiyalari ochiqlandi, shuningdek, taʼlim xizmatlari bozorida oliy taʼlim muassasalarining mavqeini belgilashda asosiy vazifalaridan biri raqobatdosh ustunliklarga erishish yo‘llarini asoslash ekanligini inobatga olgan holda, hozirgi kunda nodavlat oliy taʼlim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning yo‘llari ilmiy asoslandi.