TURKIYA TASHQI SIYOSATI SHAKLLANISHINING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI

Turkiya, xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, ichki siyosat, dunyo tartiboti, neousmonizm, mafkura, doktrina, Usmonlilar, Markaziy Osiyo

Mualliflar

XXI asr boshlarida Erdog‘an boshchiligidagi “Adolat va taraqqiyot partiyasi”ning hukumat tepasiga kelishi tufayli Turkiya davlatining madaniy, tarixiy va geografik xususiyatlarini, shuningdek, zamonaviy geosiyosiy voqelikni hisobga olgan holda mamlakat tashqi siyosati ham sezilarli darajada isloh qilindi. “Adolat va taraqqiyot partiyasi” hukmronligi davrida Turkiyaning tashqi siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Turkiya XX asrning ikkinchi yarmiga qaraganda milliy manfaatlarga ko‘proq e’tibor bera boshladi. Zamonaviy xalqaro munosabatlar transformatsiyasi jarayonida Turkiya Respublikasining tashqi siyosati ham ichki, ham tashqi omillar ta’sirida shakllanib, aniq belgilangan ko‘p vektorli xususiyatga ega bo‘lib bormoqda. Ushbu maqolada zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Turkiya tashqi siyosatining yo‘nalishlari ilmiy tahlil qilindi.