HUSAYN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQIY-FALSAFIY QARASHLARIDA MEHMON KUTISH ODOBI MASALASI

Mehmon, mehmondo‘stlik, odob-axloq, mehmon kutish odobi, etiket qoidalari, Husayn Voiz Koshifiy, “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asari.

Mualliflar

  • Akbar ALIMOV Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kafedrasi dotsenti, PhD , Uzbekistan

Maqolada Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy-falsafiy qarashlari mehmon kutish odobi va xizmat ko‘rsatishning axloqiy qoidalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada Husayn Voiz Koshifiy yashagan davrda – mamlakatdagi karvonsaroy va choyxonalarda, to‘y va ma’rakalarda, xalq sayillari va turli bazmlarda – mezbon va mehmon hamda xodimlar va xizmatkorlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishlari ilmiy tahlil qilingan.