INGLIZ TILIDA KORONAVIRUS PANDEMIYASI DAVRI AKS ETGAN KONSEPTUAL METAFORALAR TAHLILI

Koronavirus, konseptual metafora, kovid 19, manba tuzilmasi, maqsad tuzilmasi, urush mataforlari, o’rmon yong’inlari mataforasi, zombie apokalipsis metaforalari.

Mualliflar

Ushbu maqolada pandemiya davri bilan bog’liq kovid 19 konseptual metaforasi aks etgan onlayn publistik matnlar insoniyatning pandemiyani qanday qabul qilishini o'rganish uchun tayyor manba sifatida talqin qilinadi. Ingliz tilidagi ijtimoiy media platformalarida kritik metafora tahlili nazariyasidan foydalangan holda KOVID-19 bilan bog‘liq metaforalarning konseptual metaforik tahlili o‘tkazildi. Unga ko’ra turli xil ijtimoiy-tarixiy omillar, shuningdek, foydalanuvchilarning o'z qadriyatlari va mulohazalarini ifoda etishdagi faol tanlovlari bilan bog'liq, urush, ofat va zombi metaforalari keng qo'llanilgan matnlar tahlil qilindi va misollar bilan tavsiflandi.