TILNING TARIXIY NOMLASH AN’ANASI VA UNGA MUNTAZAM VORISLIK MAS’ULIYATI

Nom, so’z, til, nomlash, o’zbek, lug‘at, milliy, xalq.

Mualliflar

  • Barchinoy BAYMATOVA TATU Qarshi filiali mustaqil tadqiqotchisi, TATU Qarshi filiali qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi, Uzbekistan

Maqola tilning tarixiy nomlash an’analariga bag‘ishlangan. Unda globallashuv sharoitidagi intensiv madaniy ta’sirlar oqibatida tilga ehtimoliy tahdidlarning kuchayishi, shuningdek, tilning leksik zaxirasida o‘z qatlam so‘zlari va katta miqdordagi o‘zlashma so‘zlarning qarama-qarshiligi masalalari ochib berilgan. Bundan tashqari, tarixiy nomlash an’analarining ko‘p asrlik jarayon ekani, xalqning asrlar davomida narsa-hodisalarni nomlashga topqirlik va zukkolik bilan yondashgani asoslangan. Shu bilan birgalikda, narsa-buyumlarga nom
qo‘yish xalq tilidagi so‘zlar, xalq madaniyati va urf-odatlari asosida shakllantirilgani tavsifiy metod asosida ochib berilgan. Natijada tildagi ko‘p asrlik nomlash an’anasining bardavom bo‘lishi, unga nisbatan barqaror mas’uliyat hissini chuqurroq shakllantirish yuzasidan o‘ziga xos g‘oyalar ishlab chiqilgan va aniq xulosalarga kelingan.