FAXRIYOR IJODIY OLAMI:INDIVIDUAL USLUB VA POETIK MAHORATNING SHAKLLANISH TADRIJI

modernizm, ijodiy individuallik, an’anaviylik, sonet, novatorlik, absurd falsafa, fikriy she’riyat.

Mualliflar

  • Firuza BURIYEVA O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (PhD), Samarqand, Uzbekistan

Adabiyotshunoslikda Faxriyor ijodining yetakchi xususiyati modernizm uslubi ekanligi ko‘p bora tilga olingan bo‘lsa-da, nazarimizda, uning mahorati, shoirona mashhurligi she’rlarida sochilgan noyob tashbehlari, an’anaviy mumtoz so‘z o‘yinlari, ishq va oshiqlik, hijron va visol mazmunidagi she’rlari sabablidir. 80-yillar adabiyoti vakili hisoblangan ushbu shoir ijodining dastlabki pallalaridayoq, hali modernizm o‘zbek adabiyotiga oqim sifatida keng kirib kelmagan paytlardayoq yangiliklarga, ijodiy kashfiyotlarga mas’ullik bilan
yondashganini kuzatish mumkin. Mazkur maqolada Faxriyor ijodiy olami, uning individual uslubini yuzaga keltirgan yetakchi omillar haqida so‘z yuritiladi. Shoirning “Dardning shakli” (1997), Geometrik bahor (2004), “Ayolg‘u” (2000) to‘plamlaridagi turli mazmun va rang-barang janr-shakldagi she’rlari tahlil etiladi.