FORS-TOJIK ADABIY TILI SHAKLLANISHIDA IRFONIY-TASAVVUFIY ATAMALARNING O‘RNI

Ramz, timsol, tasavvuf, irfoniy terminlar, shoirlik mahorati, ma’noviy talqin, she’riy obraz

Mualliflar

Irfoniy-tasavvufiy istilohlarni o‘rganishdan maqsad - ularning badiiy nazmiy va nasriy asarlardagi mohiyat va maqomi, ma’no tovlanishlarini, semantik maydonini, qo‘llanish doirasini ochiq ko‘rsatib berishdan iborat. Zero, mutasavvif adiblarining asarlari adabiy til rivojlanishi va shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib, qisqa muddatda adabiyotga kirib kelgan e’tiborga molik ijtimoiy va estetik hodisa sifatida adabiyotning katta qismini qamrab oladi. Shuning uchun she’riyat asosida yaratilgan har bir so‘z yoki atama ijodkorning maqsadiga qarab shoir tomonidan tanlanadi va zamon mafkurasi bilan hamnafasligini, adib ijodiyotining borliq hayotga bog‘liq tarzda qabul etishi, ularni makon va zamon halqalari qobig‘ida tadqiq etish, adib asarlarining teran irfoniy-falsafiy xususiyatlarini aniqroq anglashga yordam beradi