INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KOLLOKVIAL SIFATLARNING SEMANTIK TADQIQI

So‘zlashuv tili, kollokvializm, kollokvial sifatlar, ijobiy baho, salbiy baho, semantik sinf.

Mualliflar

Jahon tilshunosligida bugungi kunda adabiy til birliklari qatorida so‘zlashuv leksikasini ham tadqiq qilish masalasi tadqiqotchilar diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Ushbu tadqiqotlarning aksariyati, asosan, argo, jargon va sleng muammolariga bag‘ishlanadi. Lekin, ingliz va o‘zbek tili sohiblari tomonidan jonli muloqotda ishlatiluvchi kollokvial birliklarning chog‘ishtirma tadqiqiga bag‘ishlangan izlanishlar deyarli mavjud emas. Shu nuqtai nazardan mazkur maqolada ingliz va o‘zbek kollokvial birliklari tarkibidagi sifat so‘z turkumiga oid
leksik birliklar semantik jihatdan tahlil qilinadi hamda ularning o‘xshash va farqli tomonlari ochib beriladi.