DINIY MARKERLANGAN ALLYUZIYALAR INTERTEKSTUALLIK VOSITASI SIFATIDA

Allyuziya, diniy markerlangan allyuziya, intertekstuallik, intertekstuallik vositasi, intertekst

Mualliflar

  • Мухайё ФАЙЗУЛЛАЕВА Доктор философии по филол. н. PhD Кафедра лингвистики и английской литературы Узбекский государственный университет мировых языков, Uzbekistan

Maqolada allyuziya, uning xususiyatlari va badiiy matnda allyuziya tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar o’rganib chiqilgan. Xususan, muallif hozirgi kunda kognitiv lingvistika, lingvokulturologiya, matn lingvistikasi, teolingvistika va adabiyotshunoslikda dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan va ko’plab izlanishlarga sabab bo’layotgan til birligi – diniy markerlangan allyuziyaning nazariy asoslarini yoritgan va unga xos xususiyatlarni umumlashtirgan. Tadqiqotning dolzarbligi va yangiligi shundan iboratki, muallif masalaning nazariy asoslarini atroflicha o‘rgangach, diniy markerlangan allyuziyalarning intertekstuallik vositasi sifatidagi
xususiyatlarini tadqiq va tahlil qilgan. Tahlil natijalariga ko’ra diniy markerlangan allyuziyalar badiiy matnda asar muallifining individual konseptual dunyoqarashi hamda uning modalligini namoyon etishga xizmat qiluvchi intertekstuallik vositasi sifatida namoyon bo’ladi.