INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA METROLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK XUSUSIYATLARI

O‘lchov birliklari, uzunlik, vazn, vaqt, masofa, tushuncha kategoriyasi, antropotsentrik, xalq og‘zaki ijodi

Mualliflar

Ushbu maqolaning maqsadi o‘lchov usullarining paydo bo‘lishining psixologik, amaliy va tarixiy shartlarini tahlil qilish, shuningdek, o‘lchashning antropotsentrik usullarini ko‘rib chiqish va o‘zbek tiliga nisbatan ingliz tilida ularni ifodalashning ba’zi lingvistik vositalarini tavsiflashdir. O‘lchov kategoriyasining rivojlanishini o‘rganish (1); o‘lchov toifasini antropotsentrik jihatdan ko‘rib chiqish (2); ingliz va oʻzbek xalqlarining koʻproq xalq ogʻzaki ijodida uchraydigan milliy oʻlchov birliklarini solishtirish (3); ikkala tilda uchraydigan o‘lchov so‘zlari bilan ba’zi leksik va frazeologik birliklarni aniqlash(4) kabilarni mazkur maqolaning vazifalari sifatida aytib o‘tish mumkin. Ushbu maqolani yozish davomida doimiy va tasodifiy tanlab olish metodi qo‘llanilgan. Materialni qayta ishlash va tahlil qilish uchun tavsiflash metodi ham qo‘llanilgan. O‘lchov birliklari har ikki tilda shartli kategoriya sifatida o‘rganilib, o‘zbek va ingliz o‘lchov birliklari tarixi tahlil qilinganligi maqoladan olingan asosiy xulosalar sifatida aytilishi mumkin.