NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIIK MUAMMOLARI: DISKRIMINATSIYA VA STIGMALAR

ijtimoiy davlat, nogironlik tushunchasi, diskriminatsiya, stigama, ijtimoiylashuv, oila, inson huquqlari, disabilizm, yakkalanish.

Mualliflar

Barchamizga maʼlumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ularning aksariyati ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilganini koʻrishimiz mumkin. Xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga davlat tomonidan kafolatlar tizimi orqali yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Odamlarning farovon va hayotdan rozi boʻlib turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, bandlikni taʼminlash va daromadini oshirish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish, turmush sharoiti va sifati jihatidan tabaqalanishga yoʻl qoʻymaslik kabi masalalarga davlat siyosati darajasida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qayd etish lozimki, ijtimoiy davlat – sifatli taʼlim, malakali tibbiy yordam, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, muhtojlarni uy-joy bilan taʼminlash, bandligini taʼminlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan davlat modelidir. Ushbu maqolada nogironlik tushunchasi,
nogironligi bor Bolani tarbiyalayotgan oilalarning ijtimoiy-psixologik muammolari va bu boradagi milliy va xalqaro normativhuquqiy hujjatlar tahlil qilingan