TO‘PLAMLAR MAVZUSINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM METODI CASE-STUDY NING TATBIQI

Case-Study, muammoli ta’lim metodlari, to‘plam, elementlar soni, to‘plamlar birlashmasi, to‘plamlar kesishmasi, to‘plamlar ayirmasi, diagramma.

Mualliflar

  • Zavqiddin BOZOROV Yulduzxon MAMATOXUNOVA Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro bo‘linmasi katta ilmiy xodimi, Buxoro davlat universiteti dotsenti, PhD , Uzbekistan

Oliy ta’lim muassalarida matematika fanini o‘qitishda ma’ruza mashg‘ulotlarini qiziqarli, sifatli darajada tashkil etish, talabalar olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishi, bugungi kunda ta’limning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy o‘qitish metodlaridan biri Case-Study yoritilib, undan foydalangan holda, to‘plamlarning birlashmasi elementlarini sonini topishda hayotiy masalani muammo sifatida qo‘yilib, mini-case lar orqali teorema va yechimlarni olish keltirilgan. Shu bilan bir qatorda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘qitish samaradorligi oshirilishi, talabalarga dars jarayonida ta’rif va teoremalarni qo‘llash usullari oson va tushunarli taqdim qilingan.