KOʻP BOLALI OILALARDAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLAR IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA

Koʻp bolali oila, shaxslararo munosabatlar, juftliklar ustanovkasi, qadriyatlar orientatsiyasi, oila funksiyalari, individuallik, psixologik rivojlanish.

Mualliflar

Tadqiqotchilarning oilaviy munosabatlarga qiziqishi oilaviy muammolarning murakkabligi, oilaviy hayotning qonuniyatlarini oʻrganish va tushunish, ijtimoiy rivojlanishning ma’lum bir bosqichiga xos boʻlgan oilaning mavjudligi xususiyatlarini tahlil qilish kabi bir qator sabablarga bogʻliq. Koʻp bolali ota-onalar uchun oilaga munosabat oiladagi bolalar soni bilan oʻzaro bogʻliqdir. Koʻp bolali oilalardagi shaxslararo munosabatlarni oʻrganish mazkur oilalardagi oila ichidagi munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlarini, hayotiy faoliyatining oʻziga xos jihatlarini ochib berishi bilan birga oilaning keyingi mavjud boʻlish istiqbollarini aniqlashga imkon beradi