TABIIY OQSILLAR ISHTIROKI BILAN PAXTA MATOLARINI MODIFIKATSIYALASH

Paxta, oqsil, tola, modifikatsiya, adsorbsiya, ishlov berish, toʻqimachilik materiallari, kimyoviy pardozlash.

Mualliflar

Toʻqimachilik materiallarini kimyoviy pardozlashda paxta matolarini modifikatsiyalashning yangi texnologiyalarini yaratish muhim oʻrin tutadi. Bunday modifikatsiyalash usullarida tabiiy polimerlar va oqsillardan foydalanish ularning ekologik xavfsizligini ta'minlaydi. Ushbu maqola tabiiy ipak oqsillari bilan modifikatsiyalangan paxta matolarining fizik, mexanik va sorbsion xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Olingan natijalarga ko'ra, 4-6 g / l oqsil eritmalari bilan matoga ishlov berishda, uning yuvilish darajasi 2 dan 3% gacha bo'lsa-da, massa ortishi 5% gacha ko'tarilishi aniqlandi. Paxta gazlama namunalarining fizik-mexanik xossalari modifikatsiya natijasida ortadi. Modifikator kontsentratsiyasining oshishi bilan uzulishdagi mustaxkamlik 3,3 dan 18,7% gacha oshadi. Sorbsion tahlil natijalariga ko'ra, modifikatsiyalangan namunalarning oqsillar (A, B) tomonidan adsorbsiyasining oshishi ularning faol sirtining ishlov berilmagan paxta matosiga nisbatan oshganligini isbotlaydi, bu nafaqat ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilaydi, balki tolaning bo‘yovchi moddalarga nisbatan sorbsiyalanishini ham oshiradi.