JAHON ADABIYOTIDA TARIXIY NASR JANRINING PAYDO BO‘LISHI VA TAKOMILI

tarixiy nasr, fantastika, Volter Skott, tarixiy roman, payg‘ambarlar tarixi, Valterskottian, tarixiylik, istorizm, gotik, antik roman.

Mualliflar

Tarixiy nasr prozaning o‘ziga xos turi bo‘lib, tarixiy faktlarni shunchaki yetkazish emas, balki ularni maftunkor tarzda taqdim etishni ko‘zda tutadi. Hujjatli adabiyotdan farqli o‘laroq, tarixiy nasr faktlar bilan ishlashda ularni erkin tanlash, shuningdek, hikoyaga qiziqishni saqlab qolish maqsadida to‘qima obrazlarni kiritish kabi erkinliklarga imkon beradi. Maqolada janrning genezisi va taraqqiyot tendensiyalari, sharqda tarixiy nasr ildizlari tadqiq etildi. Ishda tarixiy nasrning janr sifatida paydo boʻlishi hamda taraqqiy etishiga oid jahon adabiyotshunosligida mavjud manbalar toʻplandi hamda tarixiy metod asosida oʻrganildi, shuningdek, qiyosiy-chogʻishtirma usul orqali ma’lutlar solishtirilib, xulosalar shakllantirildi. Janrning zamonaviy rivoji, tarixiy fantastika tushunchalari izohlandi