XUDOYBERDI TO‘XTABOYEV VA KRISTOFER POL KERTIS ASARLARIDA YETIM BOLA OBRAZINING YORITILISH OMILLARI

yetim bola, realism, bola psixologiyasi, davr ruhiyati, tarixiy sharoit, ijtimoiy hodisa, afro-amerikalik, Buyuk depressiya, sarguzasht-yumoristik, urf-odat

Mualliflar

  • Iqbola QODIRJONOVA O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqolada o‘zbek bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev va amerikalik yozuvchi Kristofer Pol Kertis asarlaridagi yetim bola obrazlari qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikkala ijodkorning turli madaniy va ayni tarixiy sharoitdagi yetim qahramonlarining xarakteristikasini yoritishda qo‘llangan o‘ziga xos ramziylik va ifoda usullari o‘rganiladi. Maqolada Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zbek yetim bolalarini tasvirlashda ijtimoiy rishtalar, madaniy an’analar va urf-odatlarga urg‘u berganligini, Kertis esa afroamerikalik yetimlarning kechinmalarini tasvirlashda irq, sinf va tarixiy voqealarga ko‘proq e’tibor qaratgani bayon qilinadi. Maqolada e’tibor qaratilgan asosiy masala ijodkorlarning ushbu obrazni yaratishlari uchun sabab va motivlari nimalardan iborat ekanligini o‘rganishdir