FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KOLLOKVIAL FRAZEOLOGIZMLARNING QIYOSIY TAHLILI

kollokvial, frazeologik birlik, pragmalingvistika, kommunikativ, so‘zlashuv tili, emotsional, ogʻzaki nutq.

Mualliflar

Mazkur maqola fransuz va o‘zbek tillarida kollokvial frazeologiya masalalari bo‘yicha tadqiqotchilarining mavjud ishlari tahlilini o‘rganishga bag‘ishlangan. Fransuz va o‘zbek tillaridagi kollokvial frazeologik birliklar qiyosiy tahlil qilinib, ular o‘z navbatida, fransuz va o‘zbek kollokvial lug‘atining muhim qatlamini tashkil qilishi hamda so‘zlashuv nutqida sermahsulligi, faolligi bilan ko‘zga tashlanishi o‘rganilgan. Shu bilan birga, ikkala tillar tizimida kollokvial frazeologizmlarning o‘rni aniqlangan.