BUXORODAGI MIR ARAB MADRASASI TARIXIGA DOIR BA’ZI MULOHAZALAR

Ubaydullaxon, Mir Arab (Amir Abdulla Yamaniy, G‘ijdivon, Najmiy Soniy, madrasa, inshoot, ta’lim, Buxoro shahri, obida, sulola, arxitektura, me’morchilik, qurilish tarixi.

Mualliflar

Ushbu maqolada Buxorodagi Ubaydullaxon me’morchilik va qurilish faoliyati, uning hukmdorligi davrida pir rahnomosi Mir Arab (Amir Abdulla Yamaniy) tomonidan qurilgan Mir Arab madrasasi bilan bog‘liq ma’lumotlar tahlil qilingan. Shuningdek, XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro me’morchiligi maktabining o‘ziga xosligi va binolarning boy va sermehnat naqsh - koshinli sopol yig‘ma mazayka bezaklariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu yo‘nalish ishlatilgan inshootlardan biri Buxorodagi Mir Arab madrasasi hamda uning me’moriy yechimi, tashqi kompazitsion ko‘rinishi tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganilgan. Unda Mir Arab madrasasi 25-30 yil davomida qurilgan, degan taxminlarga oydinliklar kiritilgan. Mir Arab hazratlari vafotidan so‘ng, madrasaning qurilish tarixi, shart-sharoitlari, moliyalashtirish manbalar ham uning me’moriy yechimi tahlil qilindi.