LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK: TIL VA MADANIYAT O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR

lingvomadaniyatshunoslik, lingvomadaniy birliklar, frazeologik birliklar, konseptosfera, sentensiya, muqobilsiz leksikon.

Mualliflar

Ushbu maqolada lingvomadaniyatshunoslik, til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishning tarixiy, antropologik, sosiologik, etnografik, psixologik, filosofik, lingvistik, pedagogik va boshqa fanlar orasidagi ta’limotlar va taqdiriyatlarga asoslangan tahlili ko‘rsatilgan. Bu, madaniyat va tilning bir-biriga qanday ta’siri borligini tushunishga yordam beradi. Lingvistik qarashlar til va madaniyatning o‘zaro bog‘lanishini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Lingvomadaniyatshunoslik, jamiyatda til va madaniyat munosabatlarini tushunish va analiz qilish uchun kerakli ilmiy vositalarni taqdim etadi. Bu soha, o‘tgan asrning 20- yillarida tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlarining bir-biriga bog‘lanishining o‘sishi natijasida yuzaga keldi. Lingvomadaniyatshunoslik fanining vujudga kelishi, qiyosiy aspektdagi ilmiy izlanishlarni oshirish imkonini beradi.