TARGʻIBOT MATNLARIDA SARLAVHA TANLASH MAHORATI

Sarlavha, mediamakon, globallashuv, piar matn, bosma nashr, pozitsiya, adresat, tarkibiy qism

Mualliflar

Maqolada targ‘ibot materiallarida sarlavha tanlashning ahamiyati, uning vazifalari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek, sarlavha qo‘yishda nimalarga e’tibor qaratish, qanday so‘zlardan foydalanish va aynan piar materiallari sarlavhasining uslubi, tili haqida to‘xtalib o‘tilgan. Jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida matn sarlavhasining ta’sir kuchi qay darajada ekanligi misollar asosida izohlangan. Maqolada targ‘ibot matnlarini yozishda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar, matn tarkibi, unsurlari hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish, sarlavha tanlash, terminlardan foydalanish borasida fikrlar keltirilgan. Tahlillar davomida har bir fikr mohiyati aniq targ‘ibot materillari orqali ochiqlangan