ZAMONAVIY TERMINOLOGIYADA ILMIY TERMIN VA KASB-HUNAR TERMINI TUSHUNCHALARI TALQINI MUAMMOLARI

Termin, terminologizatsiya, determinologizatsiya, maxsus leksika, ilmiy termin, professional leksika, sohaviy leksika, dialektal terminologik leksika

Mualliflar

Ushbu maqolada zamonaviy terminologiyada ilmiy terminlar va kasb-hunar terminlarining tushunchalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va talqini muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, terminologiya muammolari, ya’ni yangi atamalarni yaratish, ularni standartlashtirish va ommalashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Terminologizatsiya va determinologizatsiya jarayonlari, shuningdek, maxsus leksikaning shakllanishi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maxsus leksikaning mohiyati va tarkibi, uning turlari, kasb-hunar so‘zlarining roli hamda dialektal leksikaning o‘ziga xosligi muhokama qilingan.