INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA INSON HISSIYOTLARINI TAVSIFLOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR

Inson hissiyotlari, frazeologik birliklar, madaniy o‘xshashliklar, madaniy farqlar, his-tuyg‘ularni ifodalash, quvonch, g‘azab, qayg‘u, muxabbat va qo‘rquv

Mualliflar

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida inson hissiyotlarini ifodalovchi frazeologik birliklarning o‘xshashlik va farqlari tahlil qilingan. His-tuyg‘ularni ifodalashda har bir tilning o‘ziga xos madaniy xususiyatlari va xalqning qadriyatlari aks etgan. Ingliz va o‘zbek tillarida quvonch, g‘azab, qayg‘u, qo‘rquv va muhabbat kabi asosiy his-tuyg‘ular turli obrazlar orqali ifodalanadi, bu esa ikki madaniyat o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni ko‘rsatadi. Maqolada har ikki tildagi frazeologik birliklar orqali inson hissiyotlarining obrazli tarzda bayon qilinishi va bu birliklarning ma’naviy mohiyati yoritilgan.