KO‘P YILLIK TAYYORGARLIK BOSQICHLARIDA FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA DOMINANT OMILLARNING AHAMIYATINI O‘RGANISH

Yosh xususiyatlari, musobaqa faoliyati, harakat faoliyati, texnik-taktik harakatlar, harakatlar samaradorligi, tayyorgarlik turlari, asosiy ko‘rsatkichlar.

Mualliflar

  • Obidjon IGAMBERDIYEV O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti v.b., PhD , Uzbekistan

Maqolada ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni tayyorlash, musobaqa faoliyatini baholash va tayyorgarligini belgilovchi omillarni o‘rganish muammolari bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlar o‘rganilgan va atroflicha tahlil qilingan. Futbolchilarning maydondagi harakat samaradorligini baholovchi dominant omillar – texnik-taktik harakatlar, ularning yosh va tayyorgarlik turlarini rejalashtirish kabi ishlar tajriba asosida tadqiq qilingan. Tadqiqotda 8 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning o‘yinlarini tahlil qilish orqali musobaqa faoliyatini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar va tayyorgarlikning dominant omillari aniqlangan. Olingan natijalarga asoslanib xulosalar berilgan.