FRANSUZ TILIDA ARXAIZM VA ISTORIZMLARNING O’RNI

Arxaizm, istorizm, leksik qatlam, lug’aviy birlik, istorizm-leksema, istorizm-sema, eskirgan lug’at.

Mualliflar

So’zlar vaqt o’tishi bilan leksik qatlamdan chiqib ketishi mumkin. Bunda narsa va hodisalarning nomi foydalanishdan chiqib ketadi va lug’atdan tushib qoladi. Foydalanishdan chiqib ketayotgan barcha eskirgan so’zlar odatda ikki turga ajratiladi: arxaizmlar va istorizmlar. Bunday hodisa lug'at boyligidagi evolyutsion o'zgarishlarning turli sabablari bilan sodir bo’ladi. So‘z o‘z-o‘zidan kundalik foydalanishdan tushib, “eskirgan” bo‘lib qolishi, ya’ni o’zi anglatgan tushunchani yo’qotishi yoki boshqa bir sinonim so‘z bilan ishlatilishi mumkin.