XOTIN-QIZLARNING DAVLAT XIZMATLARIGA IJTIMOIY MOSLASHUVINING PSIXOSOTSIAL DETERMINANTLARI

Ijtimoy moslashuv, gender farqlar, rentabillik, professional stress, stereotip, subyektiv nazorat, kasbiy kompetentlik.

Mualliflar

  • Dilfuza MAHKAMOVA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi “Xodimlar bilan ishlash” boshqarmasi boshligʻi , Uzbekistan

Xotin-qizlarning davlat xizmatlariga moslashishi koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni tadqiq etish bugungi kunda ayollarning faol mehnat “rentabilligi” elementlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot muhitiga moslashish deganda biz yangi tayinlangan xodim va uning intellektual faoliyati va xulq-atvori mehnat muhiti qoidalari va talablariga muvofiq shaxsiy rivojlanishini nazarda tutuvchi professional muhit oʻrtasida faol va uygʻun oʻzaro munosabatlarni oʻrnatishni tushunamiz. Maqola ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi.