INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI GAZETA MATNLARIDA EKSPRESSIVLIKNI TA’MINLOVCHI VOSITALAR

AQSH va O’zbekiston matbuoti, ekspressiv vositalar, tasviriylik, emotsionallik, intensivlik, zugma, sarkazm, oksimaron.

Mualliflar

Mazkur maqola O‘zbekistonda chop etiladigan “O‘zbekiston Ovozi” va AQShning “The New York Times” gazetalari misolida stilistik vositalardan – zugma, sarkazm va oksimaron usullarining qo‘llanilishini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ushbu usullarning gazeta matnlarida ekspressivlikni va ifoda kuchini oshirish, o’quvchilarni qiziqtirish va kommunikativ maqsadlarga erishishdagi vazifalari keng o‘rganiladi. “O‘zbekiston Ovozi” gazetasida sarkazm, oksimoron va zugmalar milliy madaniyatga xos an’analarga tayangan holda qo‘llanilsa, “The New York Times” gazetasida ularning qo‘llanilishi ko‘proq o‘quvchi e’tiborini tortish va ta’sirchanlikni oshirishga yo‘naltirilgan. Ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra, ingliz va o’zbek tillardagi gazetalar orasidagi lingvistik, stilistik va psixologik yondashuvlar yuzasidan o’xshash va farqli jihatlar aniqlangan. Shuningdek, mazkur maqola, ekspressiv vositalarning o’rni va ahamiyatini yanada chuqurroq o‘rganish uchun bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurligini ta’kidlaydi. Maqolamiz mobaynida ushbu natijalarga muvofiq tadqiqotlar uchun tavsiyalar ham berib o’tilgan. Bu esa milliy hamda xalqaro darajadagi ekspressiv usullar va stilistik vositalar yuzasidan chuqur ilmiy tahlillarni amalga oshirishga imkon yaratadi