“IMPULSNING SAQLANISH QONUNI”NI EKOLOGIK BILIMLAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA O’QITISH

Ekologiya, fizika, integrativ yondashuv, impuls, impulsning saqlanish qonuni, biosfera, ochiq tizim, sinergetika, o’z-o’zini tashkillashtirish, bifurkatsiya, biosfera uchun impulsning saqlanish qonuni.

Mualliflar

Ushbu maqolada fizika o’qitishda ekologik ta’limni integrativ yondashuv asosida amalga oshirishning imkoniyatlari “Impulsning saqlanish qonuni” mavzusi misolida ko’rsatib berilgan. Impulsning saqlanish qonunini nafaqat yopiq fizik tizimlar uchun, balki biosfera kabi ochiq tizimlar uchun ham qo’llash imkoniyatlarining mavjudligi sinergetik tahlil vositasida asoslab berilgan. Natijada, olamning turli tizimlaridagi integratsion aloqadorliklar mohiyati izohlanib, ta’lim oluvchilarda ekologik dunyoqarashni shakllantirishning o’ziga xos uslubi va biosfera uchun impulsning saqlanish qonuni taklif etilgan.