GEOGRAFIYANI O‘QITISHDA KARTOGRAFIK METODNI QO‘LLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA ASOSIY TAMOYILLARI

Geografiya, kartografiya, kasbiy kompetensiya, interaktiv ta’lim metodlari, zamonaviy yondashuvlar, zamonaviy ta’lim, tamoyil, refleksiya.

Mualliflar

  • Aziza OLIMOVA Chirchiq davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Mazkur maqolada geografiya fanini o‘qitishda kartografik metodni qo‘llashning zamonaviy yondashuvlari, xususan interaktiv ta’lim metodlari, tizimli yondashuv, kasbiy kompetensiyaviy yondashuv, loyiha asosida o‘qitish, masofaviy va raqamli ta’limning mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, kartografiya usulini ta’lim jarayonida samarali qo‘llashning vizuallashtirishning soddaligi va aniqligi, mantiqiy tuzilma va tizimlilik, maqsadga yo‘naltirilganlik, muvofiqlashtirilgan vizualizatsiya, interaktivlik va faol ishtirokni qo‘llab-quvvatlash, ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligi, refleksiya va mulohaza qilish kabi tamoyillari aniqlashtirilgan.