OLIY TA'LIM TALABALARIGA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI O‘QITISHDA AXBOROT VA INTERFAOL TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

kombinatorika, metodika, o‘qitish texnologiyasi, interfaol texnologiya, to‘plam, kombinatsiya, element, o‘rin almashtirish, guruhlash, axborot texnologiyalari, ma'lumotlar bazasi, operatorlar, dasturlash tillari.

Mualliflar

Bugungi kunda matematika ta'limiga ijodiy yondashish talabalarga kasbga yo‘naltirish, kasbiy faoliyatidagi muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini beradi. Dunyoda texnologik jihatdan rivojlangan mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish uchun talabalar matematikadan chuqur bilimga ega bo‘lishlari kerak. Ma'lumki, matematikada masalalarni yechish orqali ijodkorlik va ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun ko‘proq imkoniyatlar mavjud. Matematika darslarida ilg'or o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish dars sifatini oshiradi. Shuningdek, mustaqil rivojlanish yo‘lidan ilgarilab borayotgan mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirishning, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, ilg'or pedagogik va yangi innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim samaradorligi va natijadorligini oshirishning ijobiy natijalari haqida.